Free ebooks Library zlibrary project

Xabaringiz bor, Osiyo futbol konfederatsiyasi davom etayotgan pandemiya sharoiti va ehtimoliy xatarlarni hisobga olgan holda, bir qator musobaqalarni bekor qilishni lozim topgan edi.

Shuningdek, OFK ayollar futboli bo’yicha o’tkaziladigan Osiyo kubogi saralash bahslari sanalarini ham o’zgartirish bo’yicha qaror qabul qildi.

Ayollar futboli bo’yicha 2022-yilgi U17 Osiyo chempionati saralash bahslari avvaldan reja qilinganidek ikki bosqichda o’tkaziladi. Biroq saralashning 1-bosqichi 18-26 sentyabr, 2-bosqichi esa 8-12 dekabr kunlariga ko’chirildi. Dastlabki bosqichda jami 32 jamoa vakillari 8 guruhga bo’lingan holda, navbatdagi bosqichning 8 yo’llanmasi uchun bellashadilar.

U17 O’zbekiston o’smir qizlar terma jamoasi qur’a tashlash marosimida 2-savatchadan o’rin oladi. Mazkur bosqich uchrashuvlariga Avstraliya, Bangladesh, Iordaniya, Qirg’iziston, Mongoliya, Myanma, Tojikistan va Vyetnam mamlakatlari mezbonlik qiladi.

Qur’a savatchalari:

Mezbonlar savatchasi: Avstraliya, Bangladesh, Iordaniya, Qirg’iziston, Mongoliya, Myanma, Tojikiston, Vyetnam

1-savatcha: Janubiy Koreya, Tailand, Laos, Eron

2-savatcha: Filippin, Xitoy Taypeyi, Hindiston, O’zbekiston, Gongkong, Singapur, Indoneziya

3-savatcha: Livan, Malayziya, Nepal, BAA, Guam, Pokiston, Falastin, Shimoliy Mariana orollari, Shri Lanka

4-savatcha: Iroq, Maldiv orollari, Suriya, Turkmaniston

Qur’a mexanizmi: Mezbonlar savatchasi → 1-savatcha → 2-savatcha → 3-savatcha → 4-savatcha

2022-yili bo’lib o’tadigan ayollar o’rtasidagi U20 Osiyo chempionati saralash bahslarining dastlabki bosqichi 14-22 avgust, ikkinchi bosqich uchrashuvlari esa 3-7 noyabr sanalariga ko’chirildi. Turnirning qur’a tashlash jarayonida U20 O’zbekiston ayollar terma jamoasi 1-savatchadan o’rin oladi.

Dastlabki bosqichda jami 32 jamoa vakillari 8 guruhga bo’lingan holda, navbatdagi bosqichning 8 yo’llanmasi uchun bellashadilar. Ushbu bahslarga Avstraliya, Xitoy, Xitoy Taypeyi, Laos, Mongoliya, Myanma, Singapur va Tojikistan mamlakatlari mezbonlik qiladi.

Qur’a savatchalari:

Mezbonlar savatchasi: Avstraliya, Xitoy, Xitoy Taypeyi, Laos, Mongoliya, Myanma, Singapur, Tojikistan

1-savatcha: Vyetnam, Tailand, Eron, O’zbekiston, Nepal

2-savatcha: Livan, Qirg’iziston, Iordaniya, Hindiston, Malayziya, BAA

3-savatcha: Bangladesh, Gongkong, Guam, Pokiston, Maldiv orollari

4-savatcha: Indoneziya, Iroq, Kuveyt, Shimoliy Mariana orollari, Falastin, Filippin, Shri Lanka, Turkmaniston

Qur’a mexanizmi: Mezbonlar savatchasi → 1-savatcha → 2-savatcha → 3-savatcha → 4-savatcha

Ma’lumot o’rnida, O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi 2022-yilgi U20 Osiyo kubogi final bosqichini yurtimiz maydonlarida o’tkazish maqsadida OFKga murojaat xati yo’llagan. Keyingi navbatda, OFK har bir talabgor a’zo assotsiatsiya bilan tender jarayoniga doir zaruriy hujjatlar ustida ish olib boradi. Mazkur chempionatning rasmiy mezboni 2021-yil aprel oyida e’lon qilinishi rejalashtirilgan.