OFK 2023-yil Xitoyda boʻlib oʻtadigan Osiyo kubogi saralash bosqichining qurʼa tashlash marosimi vaqtlarini maʼlum qildi. Unga koʻra, 2022-yilning 24-fevral kuni soat 12:00 da Kuala Lumpurdagi OFK qarorgohida qurʼa tashlash marosimi onlayn tarzda oʻtkaziladi.

Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Bahrayn, Iordaniya, Qirgʻiz Respublikasi, Falastin va Hindiston bilan birgalikda 1-savatchadan joy olgan.

Saralash bahslari 2022-yilning iyun oyida markaziy tarzda oʻtkaziladi. Guruh bahslari faqat bitta oʻyindan iborat boʻlib, jamoalar ushbu bosqichda 8, 11 va 14-iyun kunlari 3 ta oʻyin oʻtkazishadi.