Free ebooks Library zlibrary project

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi, O’zbekiston Professional futbol ligasi hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar futbol assotsiatsiyalari xodimlari o’rtasida do’stona muhitni mustahkamlash, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish maqsadida “Sport kunlari” musobaqasi o’tkazilmoqda.

Bugun O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi hududida sportning stol tennisi va badminton turlari bo’yicha bellashuvlar bo’lib o’tdi. Quyida dastlabki kungi natijalar bilan tanishishingiz mumkin.

Stol tennisi (erkaklar)

1-o’rin: Sh.Ashirov (Terma jamoalar bo’limi mutaxassisi)

2-o’rin: R.Mavlyanov (O’zPFL mutaxassisi)

3-o’rin: M.Sultonov (Bolalar, o‘smirlar va ommaviy futbolni rivojlantirish bo‘limi mutaxassisi)

Badminton (ayollar)

1-o’rin: Y.Panina (Musobaqalarni o’tkazish bo’limi mutaxassisi)

2-o’rin: N.Jalolova (O’zPFL mutaxassisi)

3-o’rin: A.Tatlimuratova (Xalqaro aloqalar bo’limi mutaxassisi)

Ertaga O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi, O’zbekiston Professional futbol ligasi hamda hududiy futbol assotsiatsiyalari xodimlaridan iborat futbol jamoalari o’rtasidagi chempionatning guruh bosqichi uchrashuvlari bo’lib o’tadi.