Free ebooks Library zlibrary project

Bugun OʻFA taklifiga koʻra Oʻzbekistonda boʻlib turgan “Hawk-Eye” kompaniyasi dasturiy menejeri Artyom Kulajskiy ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi.

Maʼlumki, mazkur kompaniya Rossiyada oʻtgan Jahon chempionati va yana qator yirik turnirlarda VAR tizimi ishini tashkil etiladi. Oʻzbekistonda ham ushbu tizim ishga tushirilgan va bosqichma-bosqich rivojlantirilmoqda.

VAR faoliyati bevosita televideniye bilan bogʻliq va seminarda OʻFA va PFL mutaxassislari bilan bir qatorda, Oʻzbekistonda futbolni translyatsiya qiluvchi telekanallar, xususan “SPORT-TV” hamda “FUTBOL-TV” rejissyorlari, operatorlari, texnik xodimlari ishtirok etishdi.

2 kunlik seminarning birinchi qismida nazariy mashgʻulotlar oʻtkazilib, Artyom Kulajskiy xalqaro standartlar asosida faoliyat olib borish, bugungi talablar, VAR televideniye bilan ishlashda eʼtiborli jihatlar, nufuzli turnirlar tajribasi borasidagi bilimlari bilan oʻrtoqlashdi. Ertaga oflayn rejimda amaliy mashgʻulotlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.