Free ebooks Library zlibrary project

So‘nggi yillarda xalqimizning salomatligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, millionlar o‘yini bo‘lgan va mamlakatimizda alohida o‘rin tutadigan sportning futbol turiga aholini, ayniqsa, yoshlarni keng jalb etish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlarida maktabgacha ta’lim muassasalarining tarbiyalanuvchilarini futbolga qiziqtirish uchun futbol bo‘yicha o‘yin shaklida ko‘rgazmali darslarni tashkil etish, maktabgacha ta’lim muassasalarining tarbiyalanuvchilari o‘rtasida doimiy tarzda futbol bo‘yicha festivallar va qiziqarli ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etish ko’zda tutilgan.

Ushbu farmon ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vakillari Yangiyo‘l shahrida joylashgan bir qator maktabgacha ta’lim muassasalariga tashrif buyurdi. Ushbu ta’lim maskanlarida yosh bolakaylarning sport bilan muntazam shug‘ullanib borishlariga yaratilgan sharoitlar o‘rganib chiqildi va turli xil tadbirlar tashkil etildi. Tadbirlar yakunida MTM tarbiyalanuvchilariga futbol to‘plari, futbol ekipirovkalari va boshqa sport anjomlari sovg‘a qilindi.

Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida Yangiyo‘l BO‘SM maydonida Toshkent viloyati futbolining bir qator faxriylari bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi.