Free ebooks Library zlibrary project

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini monitoring qilish maqsadida O‘FA ishchi guruhi Navoiy viloyatida bo‘ldi.

Ishchi guruhning kun tartibi Navoiy futboli infratuzilmasi, unda mavjud bo‘lgan muammolar va futbol akademiyalari faoliyatini o‘rganishdan iborat bo’ldi.

O‘FA vakillari Navoiy viloyatida tashkil qilingan futbol to‘garagi a’zolari bilan uchrashib, mavjud vaziyatni ko‘zdan kechirdi. Bolalar va o‘smirlar sport maktablarida samarali ish faoliyat olib borayotgan bir qator murabbiylarga tashakkurnoma va maxsus sovg‘alar taqdim etildi.

Shundan so’ng, Ishchi guruh “Sputnik qo‘rg‘oni” va “Kimyogar” sport majmualaridagi mavjud holatni ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, Navoiy shahrida tashkil qilingan futbol mahorat maktabi tarbiyalanuvchilarining mashg‘ulot jarayonini kuzatib bordi.