Free ebooks Library zlibrary project

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.

Xususan, Superliganing 7-turi doirasidagi “Olimpik”— “Dinamo” uchrashuvida mehmonlar futbolchisi Joʻrabek Mannonov oʻyinning 83-daqiqasida raqib oʻyinchisiga nisbatan oʻyin qoidasini jiddiy tarzda buzgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Joʻrabek Mannonovga nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

***

Superliga 8-turi doirasidagi “Bunyodkor”— “Metallurg” uchrashuvida “Metallurg” jamoasi futbolchisi Shoxnazar Norbekov uchrashuvning
46-daqiqasida raqib oʻyinchisiga nisbatan oʻyin qoidasini jiddiy tarzda buzgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Shoxnazar Norbekovga nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

***

Superliga 9-turi doirasidagi “Qoʻqon-1912”— “Paxtakor” uchrashuvida “Paxtakor” jamoasi futbolchisi Eldorbek Suyunov uchrashuvning
90+6-daqiqasida bosh hakam qaroridan oʻz noroziligini qoʻpol tarzda bildirgani va uning shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Shuningdek “Paxtakor” jamoasi matbuot kotibi Bexzod Nazarov uchrashuv yakunidan soʻng tribuna osti yoʻlakchasida uchrashuv hakamligidan oʻz noroziligini qoʻpol tarzda bildirgani va hakamlar brigadasi shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Eldorbek Suyunovga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom chorasi qoʻllanildi. Bexzod Nazarovga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

***

Superliga 9-turi doirasidagi “Navbahor”— “Neftchi” uchrashuvida mezbonlar murabbiyi Dilshod Jabborov uchrashuvning 52-daqiqasida bosh hakam qaroridan oʻz noroziligini qoʻpol tarzda bildirgani va uning shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Dilshod Jabborovga nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

***

Pro liga 7-turi doirasidagi “Andijon”— “Mashʼal” uchrashuvida mezbon jamoa muxlislari tomonidan uchrashuvning 65-daqiqasida Mashʼal jamoasi texnik zonasi tomonga tosh uloqtirilgani uchun “Andijon” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

***

Pro liga 8-turi doirasidagi “Buxoro”— “Gʻijduvon” uchrashuvida mezbonlar futbolchisi Shavkat Salomov uchrashuvning 90+6-daqiqasida raqib oʻyinchisiga nisbatan tajovuzkor hatti-xarakati uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Shavkat Salomovga nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va intizom chorasi qoʻllanildi.

***

Birinchi liga 5-turi doirasidagi “Qizilqum farm”— “Andijon II” uchrashuvida mehmonlar futbolchisi Fayzullo Nurmuxammadov uchrashuvning 80-daqiqasida raqib oʻyinchisiga nisbatan tajovuzkor hatti-xarakati uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Fayzullo Nurmuxammadov nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

***

Birinchi liga 5-turi doirasidagi “Neftgazmontaj”— “Lokomotiv-BFK” uchrashuvida “Neftgazmontaj” jamoasi futbolchisi Jasur Toʻxtasinov uchrashuvning 83-daqiqasida bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Jasur Toʻxtasinovga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

***

Birinchi liga 6-turi doirasidagi “Shahrixonchi” — “Aral” uchrashuvida “Shahrixonchi” jamoasi futbolchisi Bekzodjon Tursunov uchrashuvning 86-daqiqasida yerda yotgan holatida raqib oʻyinchisini butsasining tag qismi bilan tepgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Bekzodjon Tursunovga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

***

Birinchi liga 6-turi doirasidagi “Nasaf farm” — “Aral” uchrashuvida “Nasaf farm” jamoasi futbolchisi Dilmuhammad Ochilov uchrashuvning 58-daqiqasida raqib oʻyinchisiga nisbatan oʻyin qoidasini jiddiy tarzda buzgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Dilmuhammad Ochilovga nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

***

U-21 Birinchiligi 5-turi doirasidagi “Bunyodkor”— “Metallurg” uchrashuvida mehmonlar futbolchisi Alisher Xayrullayev uchrashuvning 80-daqiqasida bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Alisher Xayrullayevga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

***

U-21 Birinchiligi 9-turi doirasidagi “Metallurg”— “Dinamo” uchrashuvida “Metallurg” jamoasi murabbiyi Baxrom Umarov uchrashuvning

90+2-daqiqasida texnik zonani tark etib bosh hakam qaroridan oʻz noroziligini qoʻpol tarzda bildirgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Baxrom Umarov nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

***

U-19 chempionati 4-turi doirasidagi “Olimpik”— “Lokomotiv” uchrashuvida “Lokomotiv” jamoasi futbolchisi Baxtiyor Tadjiyev uchrashuvning 86-daqiqasida raqib oʻyinchisiga nisbatan tajovuzkor hatti-xarakati uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Baxtiyor Tadjiyevga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

***

U-19 chempionati 4-turi doirasidagi AGMK— “Dinamo” uchrashuvida mezbonlar futbolchisi Jasurbek Karimov uchrashuvning 81-daqiqasida raqib oʻyinchisining yuziga urgani va unga nisbatan tajovuzkor hatti-xarakati uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Jasurbek Karimovga nisbatan 4 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

***

U-19 chempionati 4-turi doirasidagi “Andijon”— “Bunyodkor” uchrashuvida “Bunyodkor” jamoasi murabbiyi Firdavs Kenjayev uchrashuvning 90+5-daqiqasida maydonga tushib bosh hakam qaroridan oʻz noroziligini qoʻpol tarzda bildirgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Firdavs Kenjayevga nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

***

U-19 chempionati 4-turi doirasidagi “Aral Samali”— “Nasaf” uchrashuvida “Aral Samali” jamoasi futbolchisi Ruslan Anuarov uchrashuvning 90-daqiqasida raqib oʻyinchisining oyogʻiga qasddan zarba bergani va unga nisbatan tajovuzkor hatti-xarakati uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Ruslan Anuarovga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

***

U-19 chempionati 4-turi doirasidagi “Qizilqum”— “Buxoro” uchrashuvida “Buxoro” jamoasi futbolchisi Farrux Ibodov uchrashuvning 59-daqiqasida yordamchi hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgan, shuningdek “Qizilqum” jamoasi futbolchisi Mirzojon Rizoyev uchrashuvning 78-daqiqasida raqib oʻyinchisining yuziga urgani va unga nisbatan tajovuzkor hatti-xarakati uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Farrux Ibodovga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi. Mirzojon Rizoyevga nisbatan esa 4 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

***

U-19 chempionati 5-turi doirasidagi “Xorazm”— “Andijon” uchrashuvida “Andijon” jamoasi futbolchisi Abdulatif Oybekov uchrashuvning 77-daqiqasida raqib oʻyinchisining qorniga urgani va tajovuzkor hatti-xarakati uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Shuningdek “Xorazm” jamoasi futbolchisi Muhammad Axmadjonov uchrashuvning 77-daqiqasida raqib oʻyinchisining yuziga urgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Abdulatif Oybekovga va Muhammad Axmadjonovga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

***

Futzal Oliy ligasi 11-turi doirasidagi “Neftchi”— “Navbahor” uchrashuvida “Neftchi” jamoasi murabbiyi Farrux Zakirov uchrashuvning 40-daqiqasida bosh hakam qaroridan oʻz noroziligini qoʻpol tarzda bildirgani va unga nisbatan kuch ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Farrux Zakirovga nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

***

Futzal Oliy ligasi 11-turi doirasidagi “Stroitel-Zarafshon”— “Lokomotiv” uchrashuvida “Lokomotiv” jamoasi futbolchisi Ilyos Mallayev uchrashuvning 17-daqiqasida ikkinchi hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Ilyos Mallayevga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

***

Futzal Birinchi ligasi 4-turi doirasidagi “Fidokor”— “BMB” uchrashuvida “Fidokor” jamoasi murabbiyi Jaloliddin Qosimov uchrashuvning 2-daqiqasida bosh hakam qaroridan oʻz noroziligini qoʻpol tarzda bildirgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Jaloliddin Qosimovga nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.