Free ebooks Library zlibrary project

O’zbekiston futbol assotsiatsiyasining Kongress delegatlari diqqatiga, avval xabar berilganidek, joriy yilning 25-sentabr kuni O’FAning navbatdagi Hisobot-saylov Kongressi o’tkaziladi.

Ushbu Kongressda 2021-2025 yilgi muddatga O’FA Prezidentligi, Vitse-prezidentligi lavozimlari hamda O’FA Ijroiya qo’mitasi a’zoligiga (a’zolardan 1 nafari ayol kishi bo’lishi shart) saylov bo’lib o’tadi.

Ilgari surilayotgan nomzodlaringizni O’FAning rasmiy elektron manziliga (info@ufa.uz) 2021-yil 10-sentabrga qadar yuborishingiz so’raladi. Ma’lumot uchun, O’FA ustavi va Saylov kodeksi O’FA rasmiy veb-saytining Me’yoriy hujjatlar bo’limiga joylashtirilgan.

Shuningdek, Kongress bo’lib o’tadigan joy, vaqt va Kongress kun tartibi joriy yilning 15-sentabr kuniga qadar barcha delegatlarga ma’lum qilinadi.