Free ebooks Library zlibrary project

Xabaringiz bor O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi UEFA bilan o’zaro tajriba almashish bo’yicha hamkorlikni yo’lga qo’ygan. Mana shu hamkorlik doirasida UEFA texnik konsultanti Rojer Meyxri yurtimizga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida UEFA vakili O’zbekistondagi hududiy futbol assotsiatsiyalarining har bir yoʼnalish boʼyicha olib borayotgan faoliyatini atroflicha oʼrganish, yurtimizdagi murabbiylar ish faoliyati va tajribasini tahlil qilish hamda tajriba almashish, texnik direktor lavozimiga nomzodlarga qo’yiladigan talab va tavsiyalar bo’yicha ma’lumot berish kabi vazifalarni maqsad qilgan.

Bugun kunning birinchi yarmida Rojer Meyxri O’zbekiston futbol assotsiatsiyasida bo’ldi. O’FA rahbariyati bilan uchrashuvda UEFA bilan hamkorlikda O’zbekistonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar dasturi muhokama qilindi.

UEFA texnik konsultanti O’zbekistonda deyarli 20 kun davomida mamlakatimizning barcha viloyatlarida bo’lib, joylardagi futbol bilan bog’liq vaziyatni o’rganib chiqish hamda o’z xulosa va takliflarini taqdim etishni reja qilgan.