LegalityLens.com is the knowledge base of the legality status, laws, and regulations of steroids, cbd, cannabis, prostitution, modafinil, semaglutide, cryptocurrencies and much more. Find out if anything is legal or illegal in your country!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan Qonun bilan Soliq kodeksining 483-moddasiga qo‘shimcha kiritildi. Unga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvargacha O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, uning hududiy bo‘linmalari, O‘zbekiston Professional futbol ligasi, O‘zbekiston futbol hakamlari markazi va professional futbol klublari quyidagi soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi:

• barcha turdagi soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno);

• o‘zi jalb qilgan chet el mutaxassislari va futbolchilarining daromadlaridan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini;

• O‘zbekistonga olib kiriladigan, O‘zbekistonda o‘xshashi ishlab chiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari va inventari, translyatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar, inventar va texnika, farmakologiya tovarlari, sport oziq-ovqatlari, futbol (futzal) maydonlari uchun sun’iy o‘tlar, shokpad, granulalar, maxsus yelimlar va maxsus professional sport kiyim-boshlari, transport vositalari, shu jumladan maxsus transport vositalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.