Free ebooks Library zlibrary project

Kuni kecha Oʼzbekiston futbol assotsiatsiyasi Ijroiya qoʼmitasining oʼtgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar hisoboti va keyingi davrning dolzarb vazifalariga bagʼishlangan yigʼilishi boʼlib oʼtdi.

Unda Oʼzbekiston futbol assotsiatsiyasi Prezidenti Abdusalom Azizov, OʼFA Ijroiya qoʼmitasi aʼzolari va futbol mutaxassislari ishtirok etishdi.

Yigʼilishda mamlakatimizda alohida oʼrin tutadigan futbol sport turini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan, oʼtgan 1 yil mobaynida OʼFA tomonidan bajarilgan ishlar boʼyicha umumiy hisobot tinglandi.

Yillik hisobot qoʼmita aʼzolari tomonidan muhokama etilib, ijobiy baholandi va istiqboldagi vazifalarni samarali tarzda amalga oshirish boʼyicha takliflar berildi. Futbol marketingi sohasini yanada rivojlantirish, futbolimizga homiylarni jalb etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, Ijroiya qoʼmita yigʼilishida OʼFА tuzilmasini OFK va UEFA tavsiyalari asosida qayta koʼrib chiqish va yangi tahrirda qabul qilish, hududiy futbol assotsiatsiyalarining namunaviy tuzilmasi va ustavini tasdiqlash masalalari tahlil etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Kun tartibidan OFK doimiy qoʼmitalaridagi Oʼzbekiston nomidan vakil aʼzolar tarkibini qayta tasdiqlash hamda FIFА tasnifidagi xalqaro musobaqalarini tashkillashtirish boʼyicha yuqori tajribaga ega boʼlgan mutaxassislarni assotsiatsiyaga ishga taklif etish masalalari joy oldi. Yana qator samarali hamkorlik loyihalari ham yigʼilish ishtirokchilari tomonidan koʼrib chiqildi.

Bundan tashqari PFL faoliyatiga ham bir qator yangiliklar kiritilishi, mahalliy birinchiliklarni kuchaytirish, muxlislarning chempionatga eʼtibori va qiziqishini oshirish, yetakchi mamlakatlar tajribasidan foydalanish boʼyicha takliflar oʼrganib chiqildi.