Free ebooks Library zlibrary project

Bugun Tojikiston futbol federatsiyasi hakamlar departamenti rahbari Rustam Abdulloyev O’FA mehmoni bo’ldi. Dastlab O’FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov mamlakatlarimiz o’rtasida yaqin qo’shnichlik aloqalari hamda futbolni rivojlantirish borasida harakatlar yangi bosqichga chiqqanidan mamnun ekanligini bildirdi. O’z navbatida Abdulloyev yangi istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga tayor ekanligini aytdi.

Shundan so’ng TFF hakamlar departamenti rahbari va O’FA hakamlar bo’limi boshlig’i Erkin Baxtiyorov o’zaro hamkorlik memorandumini imzolashdi.

Ushbu memorandum asosida ko’plab istiqbolli loyihalarni birga amalga oshirish kelishib olindi. Hususan o’zaro tajriba almashish, o’zaro yig’inlarini birgalikda tashkil etish, O’zbekiston va Tojikistonning mahalliy chempionat uchrashuvlarini boshqarishga o’zaro tajribali hakamlarni jalb etish amaliyotini yo’lga qo’yish kabi takliflar maqullandi.