Free ebooks Library zlibrary project

Server Jeparov boshchilik qilayotgan O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi shu yil Xitoyda bo’lib o’tadigan Osiyo o’yinlariga tayyorgarlik ko’rish maqsadida Toshkent shahrida yig’inda ishtirok etmoqda.

“Chig’atoy” bazasida o’tkazilgan bugungi mashg’ulotlarga O’FA birinchi vetse-prezidenti Ravshan Ermatov ishtirok etdi. Ma’lumki, ushbu jamoa kelajakda 2028-yilgi Olimpiada yo’llanmasi uchun kurashadigan olimpiya terma jamoasi sifatida shakllanib boradi.

Shu sababli hozirdanoq futbolchilarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash va tayyorlab borish muhim. Ravshan Ermatov yosh futbolchilar bilan uchrashuvda aynan shu mavzuga to’xtalib, kuchli terma jamoa bo’lish uchun futbolchilar nafaqat jismonan, balki ruhan kuchli shaxs sifatida ulg’ayishi, ma’naviyati hamda vatanparvarligi yuqori inson bo’lib yetishishi va xalqaro maydonda O’zbekiston sharafini shu orqali munosib himoya qilishi zarurligini e’tirof etdi.

Shuningdek, Ermatov futbolchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqdi. Murabbiylar shtabi va tashkilotchilar bilan jamoa imkoniyatlari, maydonlar holati, taomlar sifati, tibbiy ko’rik kabi muhim masalalar muhokama qilindi va kerakli ko’rsatmalar berildi.