O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi Osiyo futbol konfederatsiyasi bilan yirik xalqaro turnirlarga mezbonlik qilish bo’yicha hamkorlikni davom ettiradi. Hususan, O’FA 2022-yilgi U23 Osiyo kubogi O’zbekistonda qabul qilish bo’yicha OFKga so’rovnoma yubordi. Ushbu turnirning mezboni chempionatni o’tkazish sanalarini aniqlash huquqiga ega bo’ladi.

Shu o’rinda, O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi 2027-yilgi Osiyo kubogini yurtimizda qabul qilish bo’yicha so’rovni qaytarib olgan holda, Markaziy Osiyo mamlakatlari futbol uyushmalari bilan birgalikda keyingi Osiyo kubogi bellashuvlarini aynan hududiy o’tkazishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, O’FA tomonidan FIFA tasnifiga kiruvchi U17 hamda U20 Jahon chempionatlarini O’zbekistonda qabul qilish imkoniyatlarini o’rganish bo’yicha amaliy ish olib borilmoqda.