Free ebooks Library zlibrary project

Xabaringiz bor, kecha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga binoan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Odil Ahmedov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlanishi ma’lum qilindi.

Ushbu faxriy unvonga sazovor bo’lgan Milliy terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov o’z taasurotlari bilan o’rtoqlashdi.

Davlatimiz rahbari meni ushbu faxriy unvon bilan taqdirlaganlarini eshitib, boshim osmonga yetdi. Bizning mehnatimizni shunchalik yuqori qadrlaganlari uchun minnatdorchilik bildiraman.

Albatta, bu biz uchun katta mas’uliyat yuklaydi. Futbolchilik faoliyatimda yanada ko’p harakat qilib, yurtimiz dovrug’ini dunyoga keng yoyilishiga o’z hissamni qo’shishga doimo tayyorman.

Bo’lajak muhim uchrashuvlarda O’zbekiston milliy terma jamoasi sardori sifatida muxlislar ishonchini oqlashga harakat qilamiz.

Shu fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni Mustaqillik bayrami bilan tabriklayman!