Free ebooks Library zlibrary project

Xabaringiz bor, 25- va 29-mart kunlari O’zbekiston milliy terma jamoasi Gana va Iroq bilan yurtimizda o’rtoqlik o’yinlari o’tkazadi.

Ushbu uchrashuvlarni yoritmoqchi bo’lgan OAV vakillari maxsus akkreditatsiya orqali rasmiy mashg’ulotlar, matbuot anjumani va stadionga kirishlari mumkin.

Sportga ixtisoslashgan OAV vakillari 19-mart soat 17.00 ga qadar media@ufa.uz elektron pochtasiga uchrashuvga tashrif buyuradigan 4 nafargacha bo’lgan xodimlar ro’yxatini yuborishi so’raladi.

Ushbu muddat ichida rasmiy tarzda xabar yubormagan OAV vakillari o’yin oldi tadbirlar va O’zbekiston MTJning o’rtoqlik o‘yinlariga tashrif buyura olmaydi.

OAV vakillari o’z akkreditatsiyalarini 23-mart kuni soat 09.00 dan 12.00 ga qadar O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi binosidan olib ketishlari so’raladi.

Tadbirlarda sanitariya qoidalariga amal qilish so’raladi.