Free ebooks Library zlibrary project

Oʼzbekiston futbol assotsiatsiyasi mamlakatimizda murabbiylik sohasini yanada rivojlantirish, murabbiylar malaka va salohiyatini oshirish boʼyicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

Xususan, OʼFA qoshida qator litsenziyali oʼquv kurslari va seminarlar muntazam ravishda oʼtkazib kelinmoqda.

17-fevral kuni OʼFA anjumanlar zalida “D” litsenziyasi dasturi boʼyicha ilk bora murabbiylik kurslari start oldi. Oʼquv jarayonini tajribali yoʼriqchi Abdumajid Toirov olib bormoqda. Kursda 18 nafar murabbiy tahsil olmoqda. Oʼquv jarayoni oʼz ichiga ham amaliy, ham nazariy mashgʼulotlarni qamrab oladi. Kurs 23-fevralga qadar davom etadi.

Bundan tashqari 17-23-fevral kunlari xuddi shunday oʼquv kursi Qoraqalpogʼiston Respublikasida ham tashkil etilmoqda. Nukusda oʼtayotgan oʼquv kurslarini instruktor Vladimir Kovalenko olib bormoqda.

Qayd etish joiz, mazkur kurs yakunlariga koʼra imtihondan muvaffaqiyatli oʼtgan mutaxassislar “C” litsenziyasi boʼyicha tahsil olish imkoniga ega boʼlishadi.