Free ebooks Library zlibrary project

— BAA yigʻini haqida
— Birlashgan Arab Amirliklaridagi yigʻinni boshlaganimizga bir necha kun boʻldi. Shu vaqt mobaynida oʻz oldimizga qoʻyilgan reja boʻyicha mashgʻulotlarni olib boryapmiz. Bu yigʻinda, asosan, jismoniy holatimizni tiklash, texnik-taktik tomondan yanada kuchayish va yangi futbolchilarning imkoniyatlarini koʻrib olishga urgʻu qaratganmiz.

— BAA U-23 terma jamoasiga qarshi oʻyin
— Bugungi uchrashuv yaxshi oʻtdi. Deyarli barcha oʻyinchilarni sinovdan oʻtkazdim. Hozirgi jismoniy holatimizdan kelib chiqib, bir boʻlimdan hammaga imkoniyat berdik. Va shu orqali texnik-taktik tarafdan qanaqa kamchiliklarimiz borligini koʻrib oldik. Umuman olganda, futbolchilarimiz ikkala boʻlimda ham oʻzlarini yaxshi koʻrsata olishdi.

Raqibga keladigan boʻlsak, ular yaxshi taassurot qoldirishdi. Umuman olganda, kurashlarga boy, yaxshi oʻyin boʻldi. Eng asosiysi, biz oʻzimiz uchun kerakli boʻlgan tajriba va xulosani oldik, deb oʻylayman.

— Tarkibdagi yangi futbolchilar
— Bu galgi yigʻinda koʻplab yangi futbolchilar ishtirok etishmoqda. Deyarli hammasiga imkoniyat berdik, ular debyut oʻyinini oʻtkazishdi. Aytganimdek, hozirgi jismoniy holatdan kelib chiqib, ikkala boʻlimda ham bolalar oʻzlarini yaxshi koʻrsatishdi. Xatolar bor. Lekin, ularni toʻgʻrilash uchun ham shu kabi oʻrtoqlik oʻyinlarini oʻtkazyapmiz.

Endilikda bor eʼtiborimizni ikkinchi uchrashuvga tayyorgarlik koʻrishga qaratamiz.