Free ebooks Library zlibrary project

Xabaringiz bor, futbolimiz tibbiyoti samaradorligini yangi saviyaga olib chiqish, barcha terma jamoalar, futbol akademiyalari tibbiy xodimlarining malakasini oshirish, ularning faoliyatini zamon talabiga mos ravishda muvofiqlashtirish maqsadida OʻFA qoshida Tibbiy qoʻmita tashkil etildi.

Bugun mazkur qoʻmita vakillari Osiyo kubogiga tayyorgarlik koʻrayotgan Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi joylashgan mehmonxonaga tashrif buyurib, futbolchilarning sogʻligʻi, jismoniy holati, ovqatlanish ratsioni va farmakologiyasini oʻrganib chiqdilar.

Uchrashuv davomida, shuningdek, OʻFA tashabbusi bilan barcha yosh toifasidagi terma jamoalar uchun alohida sport shifokorlarini jalb etish yuzasidan keyingi rejalar muhokama qilindi. Bu borada, sohaga yangi kirib kelayotgan kadrlarni malakasini oshirish va ular faoliyatini mukammallashtirish borasida qilinishi kerak boʻlgan ishlar boʻyicha oʻzaro fikr almashildi.

Oʻz oʻrnida, shu yoʻnalishdagi tajribali mutaxassislar yosh sport shifokorlariga futbolchilarga tibbiy yordam koʻrsatish, vitaminizatsiya va nutritsiologiya boʻyicha maʼlumotlar berib oʻtdilar.