Oktyabr oyida yurtimizda oʼtkaziladigan 19 yoshgacha boʼlgan futbolchilar oʼrtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik olib borayotgan Timur Kapadze boshchiligidagi Oʼzbekiston yoshlar terma jamoasi 31-yanvardan buyon Turkiyada yigʼin oʼtkazayotgani haqida xabar bergan edik.

Bugun Oʼzbekiston yoshlar terma jamoasi mazkur oʼquv-mashgʼulot yigʼini doirasidagi soʼnggi oʼrtoqlik oʼyinida maydonga tushdi. Rossiya U-19 terma jamoasiga qarshi oʼtgan oʼyin 0:2 hisobida raqiblar foydasiga hal boʼldi.

Terma jamoamiz shu bilan mazkur yigʼinni yakunlaydi va ertaga yurtimizga qaytib keladi.

 

Oʼzbekiston U-19 – Rossiya U-19 0:2

Oʼzbekiston U-19: Shukron Yoʼldoshev, Jasur Xoldorov, Abubakr Turdaliyev, Saidazamat Mirsaidov, Ibrohimxalil Yoʼldoshev, Muhammadaziz Ibrohimov, Jasur Jaloliddinov, Diyor Rahimqulov, Abdulaziz Abdusalomov, Asadjon Azimjonov, Ulugʼbek Xoshimov.

Zaxira: Izzat Tursunov, Shoxjahon Sultonmurodov, Alibek Davronov, Jafar Karimov, Eldorbek Begimov, Abdurauf Boʼriev, Diyor Ramazonov, Ibrohim Ibragimov, Muhammadqodir Rahimberganov, Muzaffar Olimjonov, Ruslan Roziyev, Otabek Joʼraqoʼziyev.