Turkiyada yig’in o’tkazayotgan Oʼzbekiston yoshlar terma jamoasi bugun navbatdagi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Daniyaning “Esbyerg” klubi yoshlar tarkibiga qarshi kechgan o’yinda futbolchilarimiz 3:1 hisobida g’alaba qozondi.

Oʼzbekiston U-19 – Esbyerg U-19 (Daniya) 3:1

Gollar: Otabek Joʼraqoʼziyev, Muzaffar Olimjonov (2 ta).

Oʼzbekiston U-19: Islom Abdullaxonov, Alibek Davronov, Shoxjahon Sultonmurodov, Jafar Karimov, Eldorbek Begimov, Abdurauf Boʼriev, Ibrohim Ibragimov, Diyor Ramazonov, Ruslan Roziyev, Muhammadqodir Rahimberganov, Otabek Joʼraqoʼziyev.

Zaxira: Shukron Yuldashev, Izzatilla Tursunov, Jasur Xoldorov, Abubakr Turdaliev, Saidazamat Mirsaidov, Ibrohimxalil Yoʼldoshev, Diyor Rahimqulov, Jasur Jaloliddinov, Muhammadaziz Ibrohimov, Asadjon Azimjonov, Abdulaziz Abdusalomov, Muzaffar Olimjonov, Ulugʼbek Xoshimov.