Olim Shokirov boshchiligidagi Oʼzbekiston U-16 terma jamoasi Toshkentda yig’in olib borayotganidan xabaringiz bor.

Oʼzbekiston oʼsmirlar terma jamoasi 20-fevral sanasidan boshlab “Chig’atoy” maydonida mashg’ulotlar olib bormoqda.

Bugun mazkur oʼquv-mashgʼulot yigʼini doirasida nazorat oʼyini o’tkazildi. Dastlab “Paxtakor-2003” bilan bahs yuritildi. Uchrashuv 2:4 hisobida “Paxtakor-2003” foydasiga hal bo’ldi.

 

 

Oʼzbekiston U-16 – “Paxtakor-2003” 2:4

Gollar: Shahzod Akramov (71), Rustam Turdimurodov (88).

Oʼzbekiston U-16: Beknur Parmonov, Abduqodir Husanov, Mirkamol Abdurazzoqov, Tohir To’xtasinov, Kirill Todorov, Asad Qaxxorjonov, Alisher Xayrullaev, Muhriddin Pazildinov, Rian Islomov, Shahzod Akramov, Rustam Turdimurodov.

Zaxira: Xusan Mahmudov, Asror Kenjaev, Sunnatila Poyonov, Muhammadali Usmonov, Asad Beglarxonov.