Oldin xabar berganimizdek, Oʼzbekiston U-16 terma jamoasi poytaxtimizda oʼquv-mashgʼulot yigʼini olib bormoqda.

Olim Shokirov ustozligidagi Oʼzbekiston oʼsmirlar terma jamoasi oʼquv-mashgʼulot yigʼini doirasida navbatdagi nazorat oʼyinini oʼtkazdi.

“Bunyodkor-2003” tarbiyalanuvchilariga qarshi kechgan bahs “qaldirgʼochlar”ning 5:0 hisobidagi gʼalabasi bilan tugadi.

 

Oʼzbekiston U-16 – “Bunyodkor-2003” 0:5

Gollar: Mansur Muhamadjonov, 37 – 1:0. Аrtur Zakiev, 44 – 2:0. Umid Sultonov, 59 – 3:0. Saidmurod Karimov, 78 – 4:0. Saidmurod Karimov, 87 – 5:0.

Oʼzbekiston U-16: Xusan Mahmudov, Aleksandr Zevatdinov, Abdulla Omonaliev, Ziyod Hamzaev, Sunnatilla Poyonov, Diyor Inomov, Asad Beglarxonov, Muhammadali Oʼrinboev, Muhammadali Usmonov, Poʼlat Jumaxonov, Temur Odilov.

Zaxira: Beknur Parmonov, Asror Kenjaev, Asan Vaniev.

 

Qayd etish joiz, navbatdagi oʼyinlar 2-mart kuni “Chigʼatoy-2002” va “Paxtakor-2002” bilan oʼtkaziladi.