Ertaga Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi navbatdagi yigʻinga kirishadi. Timur Kapadze murabbiyligi ostidagi jamoamiz 17-20-sentyabr kunlari Toshkentda oʻquv-mashgʻulotlarini olib boradi. Shundan keyin vakillarimiz koreyalik tengdoshlariga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etish uchun Koreya Respublikasiga joʻnab ketishadi. Bahslar 23 va 26-sentyabr kunlari Hvason shahrida boʻlib oʻtadi.