LegalityLens.com is the knowledge base of the legality status, laws, and regulations of steroids, cbd, cannabis, prostitution, modafinil, semaglutide, cryptocurrencies and much more. Find out if anything is legal or illegal in your country!

Bugungi kunda yana tez suratlarda tarqalayotgan koronavirus infeksiyasi futbol olamiga ham oʻz taʼsirini oʻtkazmoqda. Shu jumladan, Oʻzbekiston milliy terma jamoasini ham Covid-19 bilan bogʻliq vaziyat chetlab oʻtmadi.

Xususan, milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanes Dubaydagi yigʻinga Sloveniyadan yetib kelishi rejalashtirilgan edi. Biroq, bevosita ketish oldidan topshirilgan test musbat natijani keltirib chiqargan. Shu tariqa, sloveniyalik mutaxassis oʻz yurtida karantin oʻtashga majbur boʻldi. Umid qilamizki, karantin davri tugagach, murabbiyimiz oʻz sogʻligʻini tiklagan holda terma jamoa boshqaruviga qaytadi. Unga qadar Katanesning yordamchi murabbiylari yigʻinning boshlangʻich qismida terma jamoani boshqarib turadi.

Shuningdek, jamoamiz Dubay shahriga yetib borgach, delegatsiyaning barcha aʼzolari PTSR test topshirgan. Testlar natijasiga koʻra, Hojimat Erkinovda musbat javob qayd etilgan. Shu sababli u belgilangan tartibda, jamoadan ajratilgan holga karantin oʻtashni boshladi. Karantin muddati yakuniga yetgach, futbolchimiz qayta test topshiradi va natijadan kelib chiqib keyingi mashgʻulotlari reja qilinadi.