Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan joriy yilning oktyabr va noyabr oylarida 2004, 2005, 2006, 2007, 2008 va 2009-yilda tugʻilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri professional futbol maktablari jamoalari oʻrtasida “Oʻzbekiston kubogi” oʻtkaziladi.

Bugun OʻFA majlislar zalida mazkur turnirning 2009-yillarda tugʻilgan bolalar oʻrtasidagi bahslariga qurʼa tashlandi.

Qurʼa tashlash marosimi oʻz yakuniga yetgach, jamoalar bosh murabbiylari hamda sardorlar ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda mazkur musobaqaga olib borilgan tayyorgarlik jarayonlari va oʻzaro oʻrtoqlik oʻyinlari haqida fikr bildirdilar.

Shundan soʻng, ertangi uchrashuvda maydonga chiqadigan jamoalarning sport kiyimlari toʻplami bilan tanishtirildi.

Eslatib oʻtamiz, Toshkent shahri mezbonlik qiladigan mazkur musobaqa ertaga start oladi. Turnirning barcha oʻyinlari Youtube orqali video translyatsiya qilib borilishi rejalashtirilgan.