Ayollar milliy terma jamoalari oʻrtasida ilk marotaba tashkil etilgan CAFA turniri qariyb 12 kun davom etdi. Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi barcha uchrashuvlarda gʻalaba qozonib, 12 ochko jamgʻargan holda musobaqa chempioniga aylandi.

Qayd etish kerak, jamoamiz 4 ta uchrashuvda raqiblar darvozasiga 20 ta gol kiritib, oʻz darvozasidan birorta ham toʻp olib chiqmadi.

🇺🇿 Oʻzbekiston 6:0 Tojikiston 🇹🇯
🇺🇿 Oʻzbekiston 6:0 Turkmaniston 🇹🇲
🇰🇬 Qirgʻiz R. 0:7 Oʻzbekiston 🇺🇿
🇺🇿 Oʻzbekiston 1:0 Eron 🇮🇷

Futbolchimiz Nilufar Qudratova esa turnir toʻpurari (5 ta gol) va musobaqaning eng yaxshi futbolchisi, deya eʼtirof etildi.