Free ebooks Library zlibrary project

Timur Kapadze boshchiligidagi Oʼzbekiston yoshlar terma jamoasi Turkiyada oʼquv-mashgʼulot yigʼinini davom ettirmoqda.

Bugun yoshlar terma jamoamiz Ukrainaning “Shaxtyor” klubi U-21 jamoasiga qarshi bahs yuritdi. Qiziqarli va gollarga boy tarzda kechgan oʼyinda 3:3 hisobi qayd etildi. Yoshlarimiz safida Asadjon Azimjonov, Jasur Jaloliddinov hamda Ibrohim Ibragimov raqib darvozasini ishgʼol etishga muvaffaq boʼldi.

 

Oʼzbekiston U-19 – “Shaxtyor U-21” 3:3

Gollar: Asadjon Azimjonov, Jasur Jaloliddinov, Ibrohim Ibragimov.

Oʼzbekiston U-19: Izzatilla Tursunov, Jasur Xoldorov, Abubakr Turdaliev, Saidazamat Mirsaidov, Ibrohimxalil Yoʼldoshev, Diyor Rahimqulov, Jasur Jaloliddinov, Muhammadaziz Ibrohimov, Asadjon Azimjonov, Abdulaziz Abdusalomov, Ulugʼbek Xoshimov.

Zaxira: Shukron Yuldashev, Shoxjahon Sultonmurodov, Alibek Davronov, Jafar Karimov, Eldorbek Begimov, Abdurauf Boʼriev, Diyor Ramazonov, Muzaffar Olimjonov, Otabek Joʼraqoʼziyev, Islom Abdullaxonov, Ibrohim Ibragimov, Ruslan Roziyev, Muhammadqodir Rahimberganov.