Free ebooks Library zlibrary project

Oʼtgan yilning kuzida Osiyo futbol konfederatsiyasining bolalar-oʼsmirlar futbolini rivojlantirish masalalari boʼyicha masʼul xodimi Laslo Salai boshchiligidagi maxsus ishchi guruh yurtimizda boʼlib, “Bunyodkor” hamda Andijon viloyati hududiy futbol akademiyasining ish-faoliyati, infratuzilmasi hamda yosh futbolchilarni tarbiyalash dasturi bilan tanishgan edi. Bundan tashqari ishchi guruh “Nasaf” futbol maktabining faoliyatini ham oʼrgangandi.

Oʼrganishlar xulosasi oʼlaroq OFK “Bunyodkor” hamda Andijon viloyati hududiy futbol akademiyalariga Osiyo futbol konfederatsiyasi elit oʼsmirlar tuzilmasining toʼlaqonli aʼzolari maqomini bergan edi. Xususan, “Bunyodkor” futbol akademiyasi “ikki yulduzli” akademiya maqomiga ega boʼldi. Andijon viloyati hududiy futbol akademiyasi esa “bir yulduzli” maqomiga ega boʼldi.

Qit’a futbol konfederatsiyasi endilikda “Nasaf” futbol maktabiga ham “ikki yulduzli” akademiya maqomini taqdim etdi.

Maʼlumot uchun, Osiyo davlatlari orasida uch yulduzli maqomga faqatgina Qatar davlatining “Aspire” akademiyasi ega hisoblanadi.