OʼzPFL muxlislarni stadionlarga jalb qilish, muxlislik madaniyati, shuningdek, futbol uchrashuvlari paytida oʼzini tutish qoidalarini tushuntirish boʼyicha ish olib boradi.

Аyni kunlarda ushbu masalalarni amalga tatbiq etish boʼyicha ish boshlagan mutaxassislar dastlab, Jizzax viloyatiga tashrif buyurishdi va mahalliy futbol mutasaddilari, futbol muxlislari bilan uchrashuvda ishtirok etishdi. Ushbu yigʼilishda shuningdek, viloyat IIB ommaviy tadbirlar davomida tartibni saqlash boʼyicha rasmiylar ham ishtirok etdi va muxlislarga stadionlarda oʼzini tutish qoidalari boʼyicha tushuntirish berildi.

Ushbu yigʼilishda asosiy masalalardan biri sifatida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi “Oʼzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-5887-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan loyihalar va belgilangan vazifalar jamoatchilikka tanishtirildi. Jumladan, stadionlarga futbol muxlislarini yanada koʼproq jalb etish, muxlislarga qulaylik yaratish, Muxlis kodeksi qoidalar majmuini ishlab chiqish kabi masalalar boʼyicha fikr almashildi.

Bunday uchrashuvlar hududlarda doimiy tarzda tashkil qilinishi koʼzda tutilgan.