Free ebooks Library zlibrary project

Bugun O’zbekiston milliy terma jamoasining “Bunyodkor” stadionidagi o’quv-mashg’ulot yig’iniga start beriladi.

Bosh murabbiy Vadim Abramov 10-avgustga qadar davom etadigan ushbu yig’inga 28 nafar futbolchini jalb etgan.

Shuningdek, Timur Kapadze boschiligidagi O’zbekiston U19 terma jamoasi bugundan “Chig’atoy” bazasida yig’inga kirishadi.

Shu sababli, 6- va 9-avgust kunlari mazkur ikki terma jamoa o’rtasida o’zaro nazorat uchrashuvi bo’lib o’tishi rejalashtirilgan.

Yurtimizdagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda, o’yinlar yopiq tarzda o’tkaziladi.