Free ebooks Library zlibrary project

Аyni paytda barcha sport turlari qatori Oʼzbekiston kamondan otish federatsiyasi mutasaddilari va sportchilari ham uyda qolib, uy sharoitida oʼz faoliyatini davom ettirishmoqda. Federatsiya mutasaddilari barcha ishlarni masofadan amalga oshirayotgan boʼlishsa, sportchilar uylarida yakka tartibda mashgʼulot olib bormoqdalar.

Bunday holatni barcha sport turlarida ham kuzatish mumkin. Oʼquv-mashgʼulot yigʼinlari toʼxtatilib, hamma atletlar uylariga yoʼl olgan. Oʼzbekiston Milliy olimpiya qoʼmitasi muxlislarni yetakchi sportchilarimizning uy sharoitida olib borayotgan mashgʼulotlari bilan tanishtirib boradi.

MOQ xabari – olympic.uz