O’zbekiston milliy terma jamoasi Iroqqa qarshi o’rtoqlik uchrashuvi oldidan tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda.

Bugungi mashg’ulotlar ham “Iranian Club” SM maydonida bo’lib o’tdi va unda barcha futbolchilar ishtirok etdi.

Futbolchilarda jarohat yo’q va jamoaning barcha a’zolari yaxshi jismoniy holat bilan umumiy guruhda Iroqqa qarshi o’yinga hozirlik ko’rmoqda.