Free ebooks Library zlibrary project

Xabaringiz bor, O’zbekiston milliy terma jamoasi Suriya va Iroqqa qarshi o’rtoqlik o’yinlarini o’tkazish uchun kecha Dubay shahriga yetib bordi.

MTJ delegatsiyaning har bir a’zosi Dubay xalqaro aeroportida koronavirusga test topshirdi va test natijalari chiqquniga qadar ular mehmonxonada “o’zini yakkalash” rejimida bo’lib turdi.

Tahlil natijalariga ko’ra hech kimda koronavirus infeksiyasi aniqlanmadi va jamoa mashg’ulotlariga ruxsat berildi. Milliy jamoamiz bugungi mashg’ulotlarni “Iranian Club” sport kompleksi maydonida o’tkazdi.

MTJga chaqiruv olgan Otabek Shukurov “Sharja” jamoasining mahalliy chempionatdagi “Al Jazira”ga qarshi o’yinida olgan jarohati sabab mazkur yig’inni o’tkazib yuboradigan bo’ldi.

O’zbekiston milliy terma jamoasi 12-noyabr kuni “Sharja” stadionida Suriya vakillari bilan o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazadi. Mazkur bahs O’zbekiston vaqti bilan 20.00 da start oladi.