Free ebooks Library zlibrary project

Tailandda o‘tayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 3-tur o‘yinlari o‘tkazildi.

Guruh bosqichining oxirgi turida terma jamoamiz Janubiy Koreya bilan bahs olib bordi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shunga qaramasdan jamoamiz guruhda 2-o‘rinni band etdi va chorak finalga yo‘l oldi.

O‘yindan keyingi matbuot anjumanida olimpiya terma jamoamiz bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich quyidagicha fikr bildirdi:

– Biz uchun muhim o‘yin edi. Vazifa bajarildi. Lekin o‘yin qiyin kechdi. Koreyaliklar kuchli, bosim qilishdi, o‘ynashga qiynaldik.

O‘yinlar oralig‘i juda kam. Tiklanishga qiynaldik va bu normal uchrab turadigan muammolar. Koreya tezkor gol urdi va rejalarimiz buzildi. Muhimi asosiy vazifa uddalandi.

Kuchli jamoalar bilan o‘yinlar har doim qiyin kechadi. Koreyada birinchi o‘yin bilan solishtirganda 7 futbolchisi almashdi, ular esa kuch yo‘qotmagan. Bizda esa deyarli bir xil tarkib o‘ynadi. Nima bo‘lganda ham keyingi o‘yinlarda xatolar ustida ishlaymiz.

To‘g‘ri, biz mag‘lub bo‘ldik. Maqsadga qarab ketishda davom etyapmiz. Orzularimiz sari intilishda davom etamiz. Hozir endi asosiy niyat yarim finalga chiqib olish, – dedi mutaxassis.