Free ebooks Library zlibrary project

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi kelishilgan futbol uchrashuvlariga qarshi kurashish bo’yicha O‘zbekiston futbolchilari uyushmasi bilan hamkorlikni yo’lga qo’ydi.

Bugun O’FA bosh kotibi Avaz Maksumov hamda uyushma rahbari Kamoliddin Murzoyev ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Unda kelishilgan o’yinlarga qarshi kurashish bo’yicha FIFA va FIFPro qo’shma loyihasi “Red Button” mobil ilovasini O’zbekistonda amalga tadbiq etish maqsadida hamkorlik memorandum imzolandi.

Mazkur mobil ilova orqali kelishilgan o’yinlarni tashkil etish maqsadida futbolchilarga ta’sir o’tkazish, ularni kelishuvlarda qatnashishga majburlash kabi holatlar haqida futbolchilar anonim tarzda xavfsiz O’FAga ma’lumot yuborish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bunda yuboruvchilarning shaxsiy ma’lumotlari sir saqlanishiga kafolat beriladi.

Bugungi kunda ushbu dasturdan dunyo bo’ylab 60 mingdan ortiq professional futbolchilar foydalanmoqda va bu kelishilgan uchrashuvlar bo’yicha o’ziga xos futbolchilar jamoatchiligi nazoratini anglatadi.

“Yuqorida tilga olingan “Red Button” ilovasi faqatgina o’yinchilar tomonidan foydalanadi va bu umumiy ma’lumot sifatini oshirishga xizmat qiladi. Bizga berilgan ma’lumotga asosan, Xalqaro jinoiy politsiya tashkiloti – Interpol mutaxassislari “Red Button” dasturini sinovdan o’tkazdilar va uni buzib, foydalanuvchilar ma’lumotini qo’lga kiritish imkoni bo’lmagan. Natijada Interpol mazkur dasturni 20 ta muqobil ilovalar ichida eng xavfsiz ma’lumot berish vositasi sifatida tasdiqlagan”, deydi – O‘zbekiston futbolchilari uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoyev.

“Ilovadan foydalanish xavfsiz ekanligiga futbolchilarni ishontirib ayta olamizki, ular kerakli axborotni anonim bo’lishini istasa, mavjud tizim mazkur ma’lumotni kim yuborganligini aniqlashga to’sqinlik qilishi mumkin. Xatto futbolchi ma’lumot yuborgan shaxsiy telefonini yo’qotib qo’ygan taqdirda ham, ushbu qurilma orqali dasturdan foydalanganligini aniqlab bo’lmaydi”, deya qo’shimcha qildi – Kamoliddin Murzoyev.