Free ebooks Library zlibrary project

Maʼlumki, 2019-yil 4-dekabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti “Oʼzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmonni imzoladi.

Mazkur farmonda 2020-yildan boshlab ayniqsa, futbol sohasida bevosita faoliyat olib boradigan shaxslar tomonidan totalizator oʼynash, oʼyinga yoki uning natijasiga taʼsir oʼtkazish maqsadida kelishilgan oʼyinlar uyushtirish, ularda ishtirok etish jinoiy va maʼmuriy javobgarlikka tortilishi masalasiga alohida urgʼu berilgan.

Shu boisdan yurtimizda 2020-yilgi futbol mavsumi starti oldidan OʼFАning masʼul xodimlari tomonidan Coca Cola Superliga hamda Pro-ligada ishtirok etuvchi har bir futbol klubi aʼzolari uchun kelishilgan oʼyinlarga qarshi kurash mavzusida davra suhbatlari tashkil etilib, bu borada tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Oʼtkazilayotgan davra suhbatlari davomida OʼFАning masʼul xodimlari tomonidan 2019-yilda kelishilgan oʼyinlarga qarshi kurash boʼyicha amalga oshirilgan ishlar sarhisobi taqdim etilib, 2020-yilda bu borada yanada jiddiy ish olib borilishi maʼlum qilinmoqda. Zero joriy yildan eʼtiboran kelishilgan oʼyinlar tashkil qilish, bu kabi oʼyinlarda ishtirok etish nafaqat OʼFА tomonidan, balki huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ham nazorat va tahlil etib boriladi.

Shu sababli klublar xodimlari, futbolchi va murabbiylari uchun davra suhbatlari tashkil etilib, totalizator oʼynash, uchrashuv natijasiga taʼsir oʼtkazish uchun kelishilgan oʼyinlar tashkil qilish, ularda ishtirok etish holatlarini bartaraf qilish, shu kabi oʼyinlarda qatnashishga undash holatlari uchraganda esa birinchi navbatda tegishli organlar hamda OʼFАni xabardor qilish lozim ekani borasida tushuntirish olib borildi.

Kelishilgan oʼyinlarga qarshi kurash boʼyicha bu kabi amaliy ishlar yil davomida uzluksiz tarzda davom ettiriladi.