Free ebooks Library zlibrary project

Barchamizga maʼlumki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʼzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi farmonida futbol sohasida bevosita faoliyat olib boradigan shaxslar tomonidan totalizator oʼynash, oʼyinga yoki uning natijasiga taʼsir oʼtkazish maqsadida kelishilgan oʼyinlar uyushtirish, ularda ishtirok etish jinoiy va maʼmuriy javobgarlikka tortilishi masalasiga alohida urgʼu berilgan.

Shu boisdan yurtimizda 2021-yilgi futbol mavsumi starti oldidan OʼFАning masʼul xodimlari tomonidan O’zbekiston Superliga hamda Pro-ligada ishtirok etuvchi har bir futbol klubi aʼzolari uchun kelishilgan oʼyinlarga qarshi kurash mavzusida davra suhbatlari tashkil etilib, bu borada tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

OʼFАning masʼul xodimlari Surxon, Paxtakor, Metallurg, Lokomotiv, Qo’qon-1912, Neftchi, Bunyodkor klublari vakillari bilan oʼtkazilgan davra suhbatlari davomida 2020-yilda kelishilgan oʼyinlarga qarshi kurash boʼyicha amalga oshirilgan ishlar sarhisobi taqdim etilib, 2021-yilda bu borada yanada jiddiy ish olib borilishi maʼlum qilinmoqda.

O’tgan yildan eʼtiboran kelishilgan oʼyinlar tashkil qilish, bu kabi oʼyinlarda ishtirok etish nafaqat OʼFА tomonidan, balki huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ham nazorat va tahlil etib kelindi hamda aybdorlarga tegishli choralar ko’rildi.

Shu sababli klublar xodimlari, futbolchi va murabbiylari uchun davra suhbatlari tashkil etilib, totalizator oʼynash, uchrashuv natijasiga taʼsir oʼtkazish uchun kelishilgan oʼyinlar tashkil qilish, ularda ishtirok etish holatlarini bartaraf qilish, shu kabi oʼyinlarda qatnashishga undash holatlari uchraganda esa birinchi navbatda tegishli organlar hamda OʼFАni xabardor qilish lozim ekani borasida tushuntirish olib borildi. Ishchi guruh Respublika bo’ylab bu kabi uchrashuvlarni davom ettiradi.

Kelishilgan oʼyinlarga qarshi kurash boʼyicha bu kabi amaliy ishlar uzluksiz tarzda olib boriladi.