Free ebooks Library zlibrary project

2020-yil hududiy futbol assotsiatsiyalari havaskor futbol jamoalari o’rtasida 2-Liga bahslari o’tkazildi.

O’z hududidagi ushbu bellashuvlarda g’olib bo’lgan jamoalar 22-27 dekabr kunlari Toshkent shahrida Birinchi liga yo’llanmasini beruvchi o’tish turnirida ishtirok etdi.

Mazkur turnirning final uchrashuvida Samarqand viloyatining “Jomboy omadi” jamoasi Toshkent shahrining “Neftgazmontaj” jamoasi ustidan 2-1 hisobida g’alaba qozondi.

3-o’rin uchun bahsda Jismoniy tarbiya universitetining “Lochin” jamoasi Jarqo’rg’onning “Neftchi” klubini mag’lub etdi.