Free ebooks Library zlibrary project

Bilasiz, mavsum boshida Jasurbek Yaxshiboev Belarusning “Energetik-BGU” klubi safiga ko’chib o’tgan edi.

Ayni paytda Belarus chempionati dunyo bo’yicha davom ettirilayotgan sanoqli milliy birinchiliklaridan bo’lib turibdi. Mazkur chempionatda eng yorqin o’yin namoyish etayotgan futbolchilardan biri esa – hamyurtimiz Jasurbek Yaxshiboev sanaladi.

Osiyo futbol konfederatsiyasi rasmiy sayti hamyurtimiz bilan suhbat uyushtirdi:

– Belarus chempionatiga ko’chib o’tganimning asosiy sababi – bu yerda yaxshi o’yin ko’rsatib, Yevropaning yanada kuchli ligalariga yo’l olishni istayman. Har bir o’yinda gol kiritish, jamoamga g’alabaga xissa qo’shishda yordam berishga urinyapman. Agar mavsum so’nggiga qadar yaxshi o’yin namoyish etsam, menda ham xuddi “Energetik”ning o’tgan yilgi to’purari Ilya Shkurin kabi grand klublarga o’tish imkoni yuzaga kelishiga ishonaman.

Endilikda O’zbekiston milliy terma jamoasi safida ham maydonga tushishni, milliy terma jamoa uchun ham foydali o’yinchi bo’lishni istayman. Milliy jamoada o’ynash – har qanday futbolchi uchun orzu sanaladi. Men ham hozirda Belarusda o’zimni ko’rsatib, milliy terma jamoamizdan chaqiruv olish niyatidaman, – dedi futbolchi.