Free ebooks Library zlibrary project

Litvada o’tadigan 2021-yilgi Jahon chempionatiga hozirlik ko’rayotgan O’zbekiston terma jamoasi uchun 6-13 avgust kunlari Toshkent shahrida o’quv-mashg’ulot yig’ini tashkil etiladi.

Shundan so’ng, futzalchilarimiz 14-avgust sanasida Toshkent-Istanbul-Madrid havo reysi orqali Ispaniyada o’tadigan xorijiy yig’inga yo’l oladi. Bahodir Ahmedov murabbiyligi ostidagi terma jamoamiz Madrid va Malaga shaharlarida Ispaniya va Argentinaga qarshi o’rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.

Rejaga ko’ra, vakillarimiz mashg’ulotlarni 25-31 avgust kunlari Portugaliyada davom ettiradi va yig’in mobaynida Portugaliya, Kosta Rika va Angola futzal terma jamoalari bilan o’rtoqlik o’yini o’tkazadi.

Futzalchilarimiz Portu shahridagi yig’inni yakunlab, 31-avgust kuni Litva poytaxti Vilnyus shahriga yo’l oladi. Shuningdek, 6-sentabr sanasida O’zbekiston futzal terma jamoasi Jahon chempionati mezbonlari hisoblangan Litva bilan o’rtoqlik uchrashuvi tashkil etadi.

Xalqaro o’rtoqlik uchrashuvlari

15-avgust
Ispaniya – O’zbekiston

19-avgust
Ispaniya – O’zbekiston

21-avgust
Argentina – O’zbekiston

26-avgust
Kosta-Rika – O’zbekiston

27-avgust
Portugaliya – O’zbekiston

29-avgust
Angola – O’zbekiston

6-sentabr
Litva – O’zbekiston

Murabbiylar shtabi mazkur o’quv-mashg’ulot yig’inlari uchun 16 nafar futzalchini jalb etgan.

Ism-familiyasi Ampluasi Klubi
1. Elmuradov Abbos Darvozabon “Xuasin J.”
2. Eliboyev Ravshan Darvozabon “Paxtakor”
3. Umarov Rustam Darvozabon AGMK
4. Ropiyev Ixtiyor Hujumchi AGMK
5. Erkinov Xushnur Himoyachi “Metallurg”
6. Adilov Mashrab Himoyachi “Paxtakor”
7. Raxmatov Anasxon Himoyachi AGMK
8. Xamroyev Ilxom Himoyachi AGMK
9. Nishonov Xusniddin Hujumchi AGMK
10. Raxmatov Dilshod Himoyachi “Xuasin J.”
11. Choriyev Davron Hujumchi AGMK
12. Jo’rayev Sunatulla Hujumchi “Paxtakor”
13. To’lqinov Elbek Hujumchi “Maksam Chirchiq”
14. Usmonov Akbar Hujumchi “Paxtakor”
15. Axadjonov Muzaffar Hujumchi AGMK
16. Sadiyev Shaxzodjon Himoyachi AGMK