Free ebooks Library zlibrary project

Bugun, 18-yanvar kuni futzal bo‘yicha O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi poytaxtimizda yig‘inga kirishdi. Rustam Aripov boshchiligidagi terma jamoamiz ilk mashg‘ulotini “Bunyodkor” akademiyasi zalida olib bordi.

Ta’kidlab o‘tamiz, 24-29-yanvar kunlari Tojikistonda 19 yoshgacha bo‘lgan futzalchi qizlar o‘rtasida Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasi chempionati bo‘lib o‘tadi. Terma jamoamiz mazkur musobaqada ishtirok etadi. 22-yanvar sanasida terma jamoamiz Dushanbega yo‘l oladi.

Quyida bugungi mashg‘ulotdan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin: