Futzal bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda o’tayotgan o’quv-mashg’ulot yig’ini doirasidagi navbatdagi o’rtoqlik uchrashuvini o’tkazdi.

“Bunyodkor” akademiyasi sport zalida o’tgan mazkur bahsda futzalchilarimiz Tojikiston vakillariga qarshi bahs olib bordi.

Gollarga boy kechkan mazkur uchrashuvda terma jamoamiz 4-2 hisobida zafar quchdi.

Futzal bo’yicha o’rtoqlik uchrashuvi

🇺🇿 O’zbekiston 2-2 Tojikiston 🇹🇯

Gollar: Akbar Usmonov (dubl), Anasxon Rahmatov, Davron Choriyev – Parviz Rahmatov (dubl)