Xabaringiz bor, so’nggi yillarda futbol mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga ilgʼor ilmiy-metodik va innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali futbol sohasida yetuk va chuqur bilimga ega kadrlar tayyorlash bo’yicha qator ishlar olib borilmoqda.

Futbolning bugungi rivojlanish tendentsiyasi mamlakatimizda yaratilgan futbol infratuzilmasini malakali sport menejerlarini tayyorlash tizimiga moslashtirishni davrning oʼzi ham talab etmoqda.

Shu bois, xalqaro talab va standartlar asosida futbol boʼyicha mutaxassislarni tayyorlash maqsadida O’FA qoshida Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazi (FMTM) faoliyat ko’rsatmoqda.

Mazkur markazda xalqaro futbol tashkilotlarining ishlab chiqqan dasturlari va sohadagi yetuk mutaxassislarini jalb qilgan holda trenerlik taʼlimi boʼyicha ixtisoslashtirilgan kurslar tashkil etib kelinmoqda.

Joriy yilning dekabr oyida Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazi tomonidan Psixologiya hamda Analitika yo’nalishlari bo’yicha ikki moduldan iborat o’quv-kurslarini tashkil etish rejalashtirilgan. Mazkur kurslarga tajribali mutaxassislar Tatyana Usova hamda Shamil Iseyev yo’riqchilik qiladi.

Mazkur o’quv kurslarida qatnashish istagida bo’lganlar quyidagi manzil yoki telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.

Manzil: Toshkent shahri, “Bunyodkor” shoh ko‘chasi, 47 (Mo’ljal: “Bunyodkor” stadioni)

Telefon:

(+998 97) 920-78-70
(+998 99) 848-85-93