FIFA vakili bugun O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati bilan uchrashib, O’FA huzurida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan o’quv-mashg’ulot bazasining qurilish rejasi bilan tanishdi. Ushbu loyiha uchun hukumatning tegishli qaroriga ko’ra ajratilgan 12 gektar yer maydoni ko’zdan kechirilib, loyiha rejasi va chizmalari atroflicha o’rganib chiqildi.

Ander Vashkevich kelgusi 3 kun mobaynida ham Toshkent viloyatida bo’lib, yangi o’quv bazasiga tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishda ishtirok etishi rejalashtirilgan

Loyihaga asosan tabiiy chimga ega 6 ta va 1 ta sun’iy futbol maydoni, angar tipidagi futzal maydoni, 150 o‘rinli mehmonxona majmuasi, 700 kv.m. maydonga ega sport zallar, mini-futbol va sohil futboli bilan shug‘ullanish uchun 1 ta alohida maydon, 150 kishiga mo‘ljallangan restoran, 130 kishilik anjumanlar zali, shuningdek, kutubxona, muzey va dam olish maskanlari qurib bitkaziladi.

Shuningdek, mazkur hududda funksional diagnostika, sportchilarni sog‘lomlashtirish va reabilitasiyasi uchun zamonaviy sport tibbiy markazini tashkil qilish va zarur tibbiy asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlash maqsadida sport tibbiyoti markazi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.