Free ebooks Library zlibrary project

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston futbol faxriylar kengashi tomonidan muntazam ravishda faxriylar o‘rtasida “O‘FA kubogi” musobaqasi o‘tkazib kelinmoqda.

XXVI bor tashkil etilgan bu galgi musobaqa 40 yoshga to‘lgan va undan katta futbolchilar o‘rtasida 3 bosqichda tashkil etildi.

Birinchi bosqich viloyat terma jamoasini shakllantirish maqsadida tumanlar kesimida, ikkinchi bosqich esa hududiy joylashuvdan kelib chiqib, 4 ta mintaqaga bo‘lingan holda o’tkazildi.

Poytaxtimizdagi “Chig‘atoy” stadionida bo’lib o’tgan bugungi hal qiluvchi bahslarda Toshkent shahar, Qo‘qon-1912, Qoraqalpog’iston Respublikasi hamda Qashqadaryo viloyati faxriylar jamoalari ishtirok etdi.

3-o’rin uchun bahsda Qashqadaryo vakillari Qoraqalpog’istondan tashrif buyurgan faxriylar jamoasini 3-2 hisobida mag’lub etdi.

Final uchrashuvida esa Toshkent shahri jamoasi penaltilar seriyasida Farg’ona viloyati faxriylar jamoasi ustidan g’alaba qozondi.