Free ebooks Library zlibrary project

Ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklari futbol assotsiatsiyasi tomonidan (Video Assistant Referee) video yordamchi hakamlarni tayyorlash boʼyicha nazariy-amaliy seminar bo’lib o’tmoqda.

E’tiborli jihati mazkur seminarga o’zbekistonlik FIFA va OFK instruktori Farhod Abdullayev yo’riqchilik qilmoqda. Shuningdek hamyurtimizga Saudiya Arabistonidan Ali Al Traifi va shveytsariyalik mutaxassis Manuel Navvaro ko’maklashmoqda.

Amaliy mashg’ulotlar BAA FA maydonida hamda teoriya darslari esa Intercontinental Dubai Festival City mehmonxonasida 66 nafar hakam uchun tashkil etilyapti.

Seminar qatnashchilari dolzarb mavzularda, hususan jarima maydonchasidagi qoida buzishlar, ofsayd, taktik qoida buzarliklar bo’yicha o’z malakalarini oshirmoqda.