Bilasiz, joriy yilning 17-25-sentyabr kunlari yurtimizda ayollar jamoalari oʻrtasidagi Osiyo kubogi-2022 saralash bahslari bo’lib o’tadi.

Poytaxtimiz saralash bosqichining “E”, “F” hamda “G” guruhlariga mezbonlik qiladi. Uchrashuvlar “Bunyodkor”, “Jar” va “Paxtakor” stadionlarida tashkil etiladi.
Ertaga, 16-sentyabr kuni “Bunyodkor” stadioni anjumanlar zalida saralash bahslari oldidan umumlashtirilgan matbuot anjumani bo’lib o’tadi. Xususan. soat 11:00 da “E” guruhi bosh murabbiylari ishtirokida, o’z navbatida soat 11:45 da “F” guruhi hamda soat 12:30 da “G” guruhi ustozlari jurnalistlarning savollariga javob qaytarishadi.

Matbuot anjumanida barcha turdagi OAV vakillari ishtirok etishlari mumkin. Tadbir OFKning COVID-19 pandemiya sharoitida oʻyinlar tashkil etish protokoliga muvofiq epidemiologik talablarga rioya qilingan holda oʻtkaziladi.