Free ebooks Library zlibrary project

🇺🇿 O’zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov FIFA rasmiy saytiga katta intervyu berdi.

O’FA hamda FIFA Media bo’limlari hamkorlikda tayyorlagan intervyu davomida hamyurtimiz Jahon chempionatida o’ynash orzusi amalga oshishiga oz qolgani, milliy terma jamoa to’purari bo’lishni istashi, yoshlikdagi kumirlari hamda boshqa ko’plab qiziqarli mavzularga to’xtalib o’tgan.

– Jahon chempionati yo’llanmasiga ega chiqish – terma jamoamiz, mamlakatimiz, qolaversa shaxsan men uchun juda ham muhim. 34 million xalqimiz uzoq yillardan buyon buni orzu qilib keladi. Bunga men ham o’z ulushimni qo’shmoqchiman, zero Jahon chempionatiga chiqish – mamlakatimiz futboli o’sishiga katta turtki beradi.

To’g’ri, biz oldinlari ham ko’p bor bunga yaqin kelganmiz. Ammo muhim pallalarda imkoniyat qo’ldan boy berilgan. Hozir ham butun xalqimiz shuni kutmoqda, umid qilamanki, bu gal biz buni uddalay olamiz va muxlislarimizni xursand qilamiz, – dedi futbolchi.

Intervyuning to’liq shaklini FIFA.com saytida o’qish imkoniga ega bo’lasiz.