O’FA Ijroqoʼmi yig’ilishida oʼtgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar boʼyicha hisobot tinglangan edi. Ushbu hisobotdan o’rin olgan mavzularni e’tiboringizga havola etishda davom etamiz. Bugungi infografikamiz orqali yurtimizda hakamlikni rivojlantirish va ularning malakasini oshirish bo’yicha bajarilgan ishlar haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lishingiz mumkin.  

Hozirgina U19 Osiyo chempionati uchun qur’a tashlash marosimi bo’lib o’tdi. Qur’a natijalariga ko’ra, U19 O’zbekiston Indoneziya, Kambodja va Eron jamoalari bilan birgalikda A guruhidan joy oldi. Mazkur marosimdan so’ng, U19 O’zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze qur’a natijalari bo’yicha o’z fikrlarini bildirib o’tdi.

Biroz avval U16 Osiyo chempionati uchun qur’a tashlash marosimi bo’lib o’tdi. Qur’a natijalariga ko’ra, U16 O’zbekiston Janubiy Koreya, Avstraliya va Hindiston jamoalari bilan birgalikda C guruhidan joy oldi. Mazkur marosimdan so’ng, o’smirlar terma jamoamiz bosh murabbiyi Olim Shokirov qur’a natijalari bo’yicha o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi.